Ustozlar

Orif To‘xtash

Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Barchamizga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.

 

Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli Ustoz deb –
El ardoqlar, el suyar.

Shapaloq

Orif To‘xtash

Kundalikni kuzatib,
Ona dedi xafaroq:
-Yana ham “ikki” olsang,
Yeysan ikki shapaloq! –

Qo'shnilar

Orif To‘xtash

-Farhodlarning uyini,
Ko‘rsatvor-chi, Xolida.
O‘zingiz boravering,
Uyimizning oldida.

“Hissa”

Orif To‘xtash

 

- Men kichkina bo‘lsam ham,
Oyimga yordamchiman, -
Deydi ovqatdan keyin,
Maqtanib jajji Juman. –

Kuz

Dilshod Rajab

Kuzak yurish
Boshlandi.
Ya’ni urish 
Boshlandi.
Sarg‘ayib so‘ldi 
Ko‘plab
Yam-yashil barg-u
O‘tlar.

Panshaxa

Dilshod RAJAB

 

Panshaxa sherO‘roq o‘rar bukchayib,
Qaytgunicha to dami.
Xaskash ishlar yer tirnab –
To‘plab qo‘yar pichanni.

Belkurak

Dilshod RAJAB

 

BelkuraksherDеhqon bobo, doim tik-ku bеlkuraging,
Lеkin nеchuk hol-ahvoling, bеl, kuraging?
Kеng maydonga tushgan chayir polvon o‘zing,
Tolmagaysan, sira ko‘rmas yеr kuraging.