Laylak qor

Qutbi Nosirova

Laylak qor

 

Qor yog'ar elak-elak,

Yog'ar bo'lib charxpalak.

Qo'ngan zamon kaftimga,

Erib ketar taftimga.

Quvnoq qor,

Oppoq qor.

Qish boshlandi

Nurullo Oston

Qish boshlandi

 

Dov-daraxtlar mizg'igan,

Izg'irin уel izg'igan.

Ko'chalar yaraqlaydi.

Yulduzlar charaqlaydi.

Turnalar

Sodiqjon Inoyatov

Turnalar 

Kuz keldi, o'xshagancha

Mayin, dilxush navoga.

Turnalarning "qur-quri"

Taralmoqda havoga.

 

Ana, ular to'planib

Ketmoq uchun janubga,

Marvarid munchoqlarday

Tizildilar bir ipga.

Paxta

Asom Ziyomat

Paxta 

Chanoqlarda

Oppoq paxta

Kulib turar,

Qanday baxt-a!

 

Erkalanib

Tebranadi,

Yal-yal yonib

Tovlanadi.

Piyolaning hazil

Dilshod Rajab

Piyolaning hazil

 

Choynak do‘stim, ne uchun

Burning doim osmonda?

Haa, bilaman, og‘zingga

Quyib turar qumg‘onlar.

So‘nggi yaproq

Dilshod Rajab

So‘nggi yaproq

 

Daraxtning bir

Butog‘i

Tutib turar

Yaproqni

 

Qo‘llarida

Avaylab.

Nogoh kelar yel

Poylab.

Oltin kuzim

Asom Ziyomat

Oltin kuzim

 

Mevalarni

Shakar etding,

Yaproqlarni

Sim-zar etding,

 

Oltin kuzim.

To’kin-sochin

Dala-yu bog…

Dehqonlarning