Kuz

Tursunboy Adashboyev

Kuz

 

Yana xazonrezgilik,

Bog’lar rangi siniqdi.

Dilda hokim ezgulik,

Anhorda suv tiniqdi.

 

Oq yaktakli qayinlar

Taqdi yana zar baldoq.

Qushlarga gap tayinlab,

Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.

Piyoz

Anvar Obidjon

Piyoz

 

Yerga chuqur

Botsam men,

Berkinvolib

Yotsam men,

 

Izlab topdi

Oshpazlar,

Meni chopdi

Oshpazlar.

Qovun yedik

Tursunboy Adashboyev

 

Men va To‘lan

Kuni bilan

Uyda yedik,

Qovun yedik.

Dutor sehri

Po‘lat Mo‘min

Dutor sehri

 

Nedandir bir kun, qarang,

Asabim bo‘ldi tarang.

Ko‘nglim xiradan xira,

Ta’bim ochilmas sira.

 

O‘zimni qo‘yay qayga?

Qisilardi yuragim.

Xonamda radioning

Qulog‘ini buradim.

Ona tilim

Po‘lat Mo‘min

Ona tilim

O‘rgilayin,

Ona tilim,

O‘zginangdan.

Tillarimga

Bol keladir

So‘zginangdan.

Kichik Jahongir so‘zi

G‘ulom Shomurod

Kichik Jahongir so‘zi

 

Jahongir Temur kabi,

Bo‘lsin deya bahodir,

Ota-onam nomimni,

Qo‘ygan balki Jahongir.

Yulduzlar

G‘ulom Shomurod

Yulduzlar

 

Oftob o‘chib,

Ketdi kunduz.

Ko‘kka ko‘chib,

Chiqdi yulduz.

 

Nurin tarab

Keng osmonga.

Yulduz qarab

Men tomonga