Nega bo‘lar zilzila?

G‘ulom Shomurod

Nega bo‘lar zilzila

 

Tengdoshlar davrasida,

So‘zlar jajji Jamila:

- Bilasizmi, ne uchun

Ro‘y beradi zilzila?

 

Yer ham odamga o‘xshab

O‘z yo‘lidan yuradi.

Goh sekin odimlasa,

Gohida yuguradi.

Ohujon

G‘ulom Shomurod

Ohujon

 

Muncha chiroyli o‘zing,

Ohujon.

Qop-qora shahlo ko‘zing,

Ohujon.

 

Yaqin borsam hurkasan,

Ohujon.

Sen nimadan qo‘rqasan,

Ohujon.

Xitob

Nurullo Oston

Xitob

 

Kuz quyoshi yoqimli,

Ko‘kda turna oqimi.

Soy suvlari tiniqar,

Chollar kunda miriqar.

Kuz

Muhammad Yusuf

Kuz

 

Suvo‘tlari to‘la irmoqni

Muzdek qilib qo‘ydi sunbula.

Yer tortqilab barqut yaproqning

Yuragiga soldi g‘ulg‘ula.

Kitob o‘qigan bola

Po‘lat Mo‘min

Kitob o‘qigan bola

 

O‘rganar avval odob

Kitob o‘qigan bola.

Yuzi bo‘ladi oftob

Kitob o‘qigan bola.

 

Hurmat qilar kattani,

Kichiklar jon-u tani,

Bajaradi va’dani —

Kitob o‘qigan bola.

Qora mushukcha

Ma’mur Qahhor

Qora mushukcha

 

Oyi, qora mushukchaga

Popuk taqib qo‘yaylik.

Oyi, qora mushukchani

Oppoq rangga bo‘yaylik.

 

Shunda qora mushukchani

Quvmas daydi bolalar.

“Falokatning belgisi” deb

Atamaydi xolalar.

Chigirtka

Aziz Abdurazzoq

Chigirtka

 

— Hoy, chigirtka, chigirtka,

Sen ham ekin yeysanmi?

Hoy, chigirtka, chigirtka,

Ekmay tekin yeysanmi?

 

— Men ham ekin yeyman, ha,

Lekin tekin yemayman.

Yesam halol deyman, ha,

Sira tekin demayman.