O'roq

Dilshod RAJAB

 

O'roq sherDеhqon qo‘lidagi shu o‘roq
So‘roq bo‘lib ko‘rinar mеnga:
Kimning arpasini xom o‘rdim,
... nеga? ... nеga? ... nеga?

Ketmon

Dilshod RAJAB

 

ketmon sherTinmay ishlar, yеr chopar dеhqon,
To kеchgacha, saharlab turib.
“Dam oling” dеb yolvorar kеtmon,
Oyog‘iga har dam bosh urib.

Orif To'xtash

 

Qopqoncha

Qopqoncha

 

Sichqonni chaqiradi,

“Ziyofat”ga go‘sht bilan.

U tishlab tortgan payti,

Tushuradi “musht” bilan.

Kirpining e'loni

Orif To'xtash

 

Kirpining e'loni- Bu – bozor iqtisodi,

Narx-navo biroz qimmat.

Arzon igna kerakmi? –

Mendan so‘rang, marhamat!

 

Biroq esdan chiqarmang,

Shuni tuting nazarda.

Yo‘qlasangiz birodar,

Men bo‘laman bozorda.

Kim aytar: u parimas …

Dilshod Rajab

Kim aytar: u parimas …

 

Kim aytar: u parimas?!

Undan chiroy arimas!

Har yil bir yosh o‘ssa ham,

Qorqiz sira qarimas!

 

Chunki dili pok uning,

Orzulari oq uning.

Nomi qordan bo‘lsa ham,

Mehri ko‘p qaynoq uning.

Huquqimiz bilamiz, burchimiz ham yodda bor …

Iqbol Mirzo

Huquqimiz bilamiz, burchimiz ham yodda bor

 

Huquqimiz bilamiz,

Burchimiz ham yodda bor.

Bosh qomusda burchingni

Bajar, degan modda bor.

Yangi yil sovg‘asi

Orif  To‘xtash

 

Hamma tomon oppoq qor,

Yer oq ko‘rpa ostida –

Mizg‘ib yotar intiq, zor

Bahoroyning vasliga.

 

Borliqni xo‘p allalab,

Ko‘kdan o‘ynab qor tushar.

Qiyqirishib bolalar –

Bunda chana tortishar.