“Hissa”

Orif To‘xtash

 

- Men kichkina bo‘lsam ham,
Oyimga yordamchiman, -
Deydi ovqatdan keyin,
Maqtanib jajji Juman. –

 

Bir burchakda uyvolib,
O‘tirmayman qovoqni.
Yuvish oson bo‘lsin, deb
Yalayapman tovoqni!