Quyoncha, ayiqcha va kasal tishcha

(Tish shifokoridan qo'rqadigan bolalar uchun)

Saida Ibodinova

Quyoncha, ayiqcha va kasal tishchaKattagina o'rmonda qadrdon do'stlar: mitti quyoncha va kuchli ayiqcha yashar ekan. Ular juda yaqin do'st ekan, har doim birga o'ynashar, birga yurishar ekan. Shuning uchun quyonchani hech kim xafa qilolmas ekan. Hattoki ayyor tulki ham ayiqchaning kuchli g'amxo'r himoyachisi borligini bilar ekan. Do'stlar bir-biriga juda o'xshashar, faqat quyoncha turp, sholg'om, sabzi va karamni, ayiqcha esa asal va shirinliklarni xush ko'rar ekan. Quyoncha ertalab va kechqurun tishlarini tozalashni kanda qilmas, ayiqcha esa tish yuvishni uncha yoqtirmas ekan.

Shirin kulchalar mamlakati

(Ochko'z bolalar uchun)

Saida Ibodinova

Shirin kulchalar mamlakatiBir kuni Shohruhning buvisi ustida mayizlari bor shirin kulchalar olib kelibdi. Shohruh apil-tapil bitta shirin kulchani yeb olibdi va ochko'zlik bilan ikkinchisini so'rabdi. — Bo'ldi qil, - debdi onasi. Bitta yeding, boshqa mumkin emas. Bo'kib qolasan. Shohruh g'ingshishni boshlabdi va bir ozdan so'ng uxlab qolibdi. Shunda u antiqa tush ko'ribdi. Tushida u yurib-yurib katta darvoza oldidan chiqib qolibdi. Darvoza tepasiga esa “Shirin kulchalar mamlakati” deb yozib qo'yilgan ekan. Shohruh qarasa darvoza ochiq ekan, u to'g'ri ichkariga qarab yuribdi.

Kamtar boychechak va manman lolaxon

Saida Ibodinova

Kamtar boychechak va manman lolaxonQuyosh bobo iliq nurlarini sochib, muzlarini yum-yum erita boshladi. Qor tagidan sekingina, iymanib bosh ko'targan boychechak erinib ko'zlarini ochdi. Quyoshning iliq nurlaridan rohatlanib shiringina jilmayib qo'ydi. Kunlar ancha isib qolgan bo'lsa ham boshqa gulu giyohlar uyg'onay demaydi-ya. Boychechak juda zerikib ketdi. Boshini ko'tarib, u yoq bu yoqqa qaradi. Yonginasida bir nima Qimirlagandek bo'ldi. Boychechak boshidagi oppoq durrasining bir chetini ochib unga tikildi.

Suhrobjon va Mikrobjon

Saida Ibodinova

Suhrobjon va MikrobjonSuhrobjon qo'shnimizning o'g'li. Do'mboqqina, shirinlikxo'r bolani ko'chamizda hamma yaxshi ko'radi. Ba'zida uning shirinlik yuqi, kir-chir yuz-qo'llariga qarab, “Suhrobjon, yuz-qo'llaringni yaxshilab, sovunlab yuvib yursang bo'lmaydimi?” desam, “Opajon, yuz-qo'lim top-toza-ku!” deydi jilmayib. Bir kuni Suhrobjon ertalab uyqudan uyg'ondi-yu, yostig'i yonida o'tirgan pahmoq sochli, hunukkina, tishlari shirinlikdanmi yoki boshqa narsadanmi qorayib ketgan mitti bolakayga ko'zi tushdi. “ Iye,” — dedi Suhrobjon hayron bo'lib. Sen kimsan? — Men eng yaqin do'sting Mikrobjonman.

Qushcha va olmaxon

(Ertak)

Qushcha va olmaxonO‘rmondagi daraxtda olmaxon bilan kichkina qushcha qo‘shni bo‘lib yashar edi. Ular bir-birlariga xalaqit bermay, har biri o‘z ishi bilan band bo‘lardi. Olmaxon ertadan-kechgacha yong‘oq, qurigan mevalarni yigib qishga zaxira tayyorlar edi.Qushcha esa shu atrofdagi daraxtlarga oralagan zararli hasharotlarni terib yerdi. Olmaxonni har kuni ertalab to‘q-to‘q etgan ovoz uyg‘otardi. Bu — daraxt po‘stlog‘i tagida yashiringan hasharotlarni topib yeyayotgan qushchaning ovozi ekanligini bilardi.

 

Boshoqcha

(Ukrain xalq ertagi)

BoshoqchaBir bor ekan, bir yo‘q ekan Krut va Vert ismli ikkita sichqoncha va baland ovozda qichqiradigan xo‘rozcha bor ekan. Sichqonchalarning bilgan ishi faqat qo‘shiq aytish, raqs tushish, aylanish va burilish edi. Xo‘rozcha esa tong otganda turib, birinchi bo‘lib barchani uyg‘otar, keyin esa ishga kirishar edi. Bir kuni xo‘rozcha hovlini supurayotib bug‘doy boshoqchasini topib oldi.

– Krut, Vert! – chaqirdi u, – qaranglar, men nima topib oldim.

Sichqonchalar yugurib kelib: – Buni yanchish kerak. – dedilar.

Xurmacha polvon

(Ertak)

Xurmacha polvonBor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-daa, to‘q ekan. Bir chol-u kampir bor ekan. Bularning echkisi ko‘p ekan-u, bolasi yo‘q ekan. Kunlardan bir kun kampir sut pishirib o‘tirib: “Mening bolam bo‘lsa edi, sut desa sut bersam, qaymoq desa qaymoq bersam, qatiq desa qatiq bersam”, debdi.

O‘shandan keyin kunlardan bir kuni boshi ham yo‘q, oyog‘i ham yo‘q, qo‘li ham yo‘q bir xurmacha o‘g‘il dunyoga kelibdi. Kampir xurmachani tandir ustiga tashlab qo‘yaveribdi.